Nurobod tumanida tadbirkorlar muammolari tinglanib, amaliy yechimlar belgilandi
Bugun Nurobod tumani hokimligida navbatdagi tadbirkorlar qabuli bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimi M.Buranov tadbirkorlar bilan muloqot qilib, ularning faoliyati davomida uchrayotgan muammolar, taklif va tashabbuslarini tingladi.
Qabul davomida tadbirkorlar tomonidan chorvachilikni rivojlantirish, tomchilatib sug‘orish jihozlari uchun imtiyozli kredit ajratish, tikuvchilik faoliyatini kengaytirish, kadastr masalalarini hal etish kabi yo‘nalishlarda murojaatlar bildirildi.
Har bir murojaat bo‘yicha tuman hokimi tomonidan tegishli tashkilot va soha rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi. Ayrim masalalar joyning o‘zida hal qilindi, qolgan murojaatlar bo‘yicha esa ijro muddati va mas’ullar belgilandi.
Shuningdek, uchrashuv davomida tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va hududda investitsion muhitni yaxshilash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.




