Nurobod tumanida tadbirkorlar muammolari tinglanib, amaliy yechimlar belgilandi
Bugun Nurobod tumani hokimligida tadbirkorlar qabuli bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvda tuman hokimi M.Buranov ishtirok etib, tadbirkorlarning faoliyatida uchrayotgan muammo va takliflarini tingladi.
Qabul jarayonida tadbirkorlar tomonidan yer ajratish, kredit ajratilishi, kadastr masalalari, soliq imtiyozlari, ruxsatnomalar olish va boshqa yo‘nalishlarda murojaat va takliflar bildirildi.
Har bir murojaat bo‘yicha tegishli soha mutasaddilariga aniq topshiriqlar berilib, murojaatlarni joyida hal etish choralari ko‘rildi.
Nurobod tumanida bunday uchrashuvlar orqali yuzlab tadbirkorlar o‘z faoliyatini kengaytirish, yangi loyihalarni boshlash va mavjud muammolarga yechim topish imkoniga ega bo‘lmoqda.