insurez
02-05-2025 17:02

Nurobod tumanida piyodalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida “Zebra” yo‘l belgilari yangilandi


Bugun erta tongdan Nurobod tumanida avtomobil qatnovi keng tus olgunga qadar tuman yo'l harakati xavfsizligi bo'limi va tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan aholi xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda piyodalar harakatini tartibga solish maqsadida piyodalar o‘tish joylari – “Zebra” yo‘l yotiq chiziqlari yangilandi.

Aholi gavjum harakatlanadigan hududlar, ta’lim muassasalari yaqinidagi kesishmalar, bozor va ijtimoiy obyektlar atrofidagi piyodalar o‘tish joylarida maxsus yo‘l chiziqlari qayta bo‘yaldi.

Bu kabi chora-tadbirlar piyodalar ishtirokida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga xizmat qiladi.

Nurobod tuman hokimligi va mas'ul tashkilotlar bu boradagi ishlarni tizimli ravishda davom ettirib, tumandagi boshqa muhim yo‘l kesishmalarida ham yo‘l belgilarini yangilashni rejalashtirmoqda.

Teglar
- -