insurez
13-11-2025 14:39

Nurobod tumanida “Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla” ko‘rik-tanloviga start berildi


Xonadoningiz, ko‘changiz, mahallangizni obod qilib — avtomobil yuting!

Nurobod tumanidagi barcha mahallarda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan e’lon qilingan “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” Respublika ko‘rik-tanlovining mahalla bosqichiga rasman start berildi.

Tanlov doirasida  tumandagi mahallalarda dastlabki saralash ishlari boshlandi.
Baholash jarayonlarida mahalla yettiligi, faollar ishtirok etib, belgilangan mezonlar asosida xonadonlar, ko‘chalar hamda mahallaning umumiy obodonligi, tozaligi va yashash muhitining namunaviyligi sinchiklab o‘rganilmoqda.

Mazkur ko‘rik-tanlov nafaqat hududlarni ko‘rkamlashtirish, balki fuqarolarda jamoaviy tashabbus, oilaviy bag‘rikenglik va mas’uliyat tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Shuni ta’kidlash joizki, eng namunali xonadonlar, ko‘chalar va mahallalar tanlovning tuman, viloyat hamda Respublika bosqichlariga yo‘llanma oladi.
Yakunda esa g‘oliblar avtomobil va boshqa qimmatli sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Teglar
- -