insurez
27-10-2025 12:27

Nurobod tumanida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi


Bugun Nurobod tumanida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Qabulda tuman hokimi o‘rinbosarlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari, mahalla faollari hamda fuqarolar va yoshlar ishtirok etishdi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan turli masalalar — elektr energiyasi ta’minoti, kadastr hujjatlari, soliq, tibbiyot, bandlikni ta’minlash, aliment, imtiyozli kredit olish hamda boshqa ijtimoiy yo‘nalishlardagi muammolar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Har bir murojaat diqqat bilan tinglanib, ularning mohiyatidan kelib chiqib, mas’ul tashkilot rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi. 
Ayrim masalalar joyida hal etildi, qolgan murojaatlarning esa qisqa muddatda ijobiy yechim topishi yuzasidan mutasaddilarga tegishli vazifalar yuklatildi.

 

Teglar
- -