insurez
05-06-2025 19:34

Nurobod tumanida muqaddas Qurbon hayiti bayramini munosib va yuqori saviyada o'tkazish borasida bir qator tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda


Nurobod tumanida muqaddas Qurbon hayiti bayramini munosib va yuqori saviyada o'tkazish borasida bir qator tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugun tuman hokimi M.Buranov va tuman huquq-tartibot organlari rahbarlari hamda mas'ul xodimlar ishtirokida hududlarda aholi xavfsizligi va jamoat osoyishtaligining ta'minlanishi borasida qilinayotgan ishlar holati o'rganildi.

Qurbon hayiti kunlarida jamoat xavfsizligini ta'minlashga mas’ul tashkilotlar vakillari bilan uchrashuv o'tkazildi.

Uchrashuvda har bir soha mutaxassislariga zarur ko'rsatmalar va aniq topshiriqlar yuklatildi.

Jumladan, bayram kunlari mobaynida hushyorlikni oshirish, jamoat tartibini saqlash, harakat xavfsizligini ta’minlash, turli favqulodda holatlarning oldini olish yuzasidan tegishli topshiriq va vazifalar berildi.

Shuningdek, rahbarlar Qurbon hayiti namozi o'qilishi rejalashtirilgan tuman markazidagi "Hazrati Ali" jome masjidida bo'lib, namozxonlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar va qulayliklar ko'zdan kechirildi.

Teglar
- -