Nurobod tumanida korrupsiyaga qarshi kurash masalalari muhokama qilindi
Bugun Nurobod tumani hokimligida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo'yicha samarali chora-tadbirlarni tashkil etish mavzusida muhokama yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Unda tuman hokimi M.Buranov, tuman prokurori J.Abdihakimov, tuman IIB boshlig'i A.Otamurodov, tuman soliq inspeksiyasi boshlig'i M.Erkinov, shuningdek, tumandagi tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etdi.
Yig'ilish davomida korrupsiya holatlarining oldini olish, bu illatga qarshi tizimli kurashish va aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish bo'yicha dolzarb masalalar muhokama etildi.
Tuman hokimi M.Buranov korrupsiya jamiyat taraqqiyotidagi jiddiy to'siq ekanligini ta'kidlab, barcha tashkilot rahbarlarini bu borada mas'uliyatni oshirishga chaqirdi.
Shuningdek, yig'ilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan korrupsion holatlarga qarshi kurash borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, kelgusida amalga oshirilishi zarur bo'lgan muhim vazifalar belgilab olindi.
Prokuror J.Abdihakimov tomonidan yig'ilish ishtiropkchilariga korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan qonun hujjatlari va amaliy choralar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Yig'ilish yakunida korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha aniq rejalar ishlab chiqish va ushbu rejalarni amalda bajarish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga topshiriqlar berildi.