Nurobod tumanida bog‘lar va uzumzorlar qator oralig‘iga ekin ekish bo‘yicha amaliy seminar bo'lib o'tdi
Bugun Nurobod tumanida bog‘dorchilik va uzumchilik sohasida samaradorlikni oshirish, yer resurslaridan oqilona foydalanish hamda intensiv dehqonchilikni rivojlantirish maqsadida bog‘lar va uzumzorlarning qator oralig‘iga ekin ekish bo‘yicha amaliy seminar tashkil etildi.
Mazkur seminar viloyat va tuman qishloq xo‘jaligi sohasidagi mutaxassislar, agronomlar, fermer xo‘jaliklari rahbarlari hamda ilg‘or tajribaga ega dehqonlar ishtirokida o‘tkazildi.
Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan qator oralig‘iga ekin ekishning agronomik jihatlari, hosildorlikka ta’siri, tuproq unumdorligini saqlash va oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar berildi.
Sug‘orish tizimini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, zararkunandalarga qarshi kurashish, agrotexnik tadbirlarning vaqtida bajarilishi kabi muhim jihatlar muhokama qilindi.
Ushbu tajriba tuman bo‘ylab keng ommalashtirilishi, yerlarning har qarichidan samarali foydalanish orqali daromadni oshirish imkoniyatlari borligi ta’kidlandi.