insurez
28-10-2024 17:04

Nurobod tumanida "Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlarga amaliy yordamlar ko'rsatilmoqda


Nurobod tumanida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 145-sonli qarorining ijrosini ta'minlash yuzasidan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, bugun tumandagi 5-bosqich "Ayollar daftari" ro'yxatining 3-toifasiga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand xotin-qizlar toifasiga mansub 9 nafar xotin-qizlarga uy-joy ta'miri uchun kerakli qurilish mollari topshirildi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash, kerakli amaliy va moddiy yordamlar ko'rsatish orqali turmush darajasini oshirishga qaratilgan bu kabi ezgulik tadbirlari tumanimiz bo'ylab davom etmoqda.

Teglar
- -