insurez
20-01-2025 18:44

Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan xatlov ishlari holati o'rganildi


Bugun Nurobod tumani hokimining o‘rinbosari S.Xujamiyarov hamda tuman yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i A.Ziyatovlar  tumandagi Buloqboshi, Bunyodkor va Arabota mahallalarida bo'lib, yoshlar yetakchilari tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan xatlov jarayonlari bilan tanishishdi.

Bunda o'rganishlar xonadonbay amalga oshirilib, yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar, yo'llangan murojaatlar tinglandi hamda ularning ijrosi yuzasidan kerakli chora-tadbirlar belgilandi.

O'rganishlar davomida yoshlarning muammo va qiziqishlarini o'rganish bilan bir qatorda, ularning xorijiy til va kasb-hunarga o'qish istaklari yuzasidan Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan ilgari surilayotgan "Ibrat farzandlari", "Ustoz Al", "Qizlar akademiyasi", "Uzchess" va "Mutolaa" loyihalari to'g'risida batafsil ma'lumotlar berilib, targ'ibot ishlari amalga oshirildi.
 

Teglar
- -