Nurobod tumani hokimi tibbiyot birlashmasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati va davolanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi
Bugun Nurobod tumani hokimi M.Buranov tuman tibbiyot birlashmasida bo‘lib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari, davolanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, xonalar harorati va isitish tizimi, kutuvchilar uchun qulayliklar hamda sanitariya-gigiyena talablari bajarilishi holatini o‘rgandi.
Tuman hokimi davolanuvchilar uchun bepul beriladigan dori vositalari ro‘yxati, shoshilinch tibbiy yordam xizmati faoliyati bilan tanishib, tibbiy xizmat sifati va samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha taklif hamda tavsiyalarini berdi.
Shuningdek, tuman rahbari davolanuvchilar bilan muloqot qilib, ularga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati haqida fikrlarini so‘radi.
Bemorlarning ehtiyojlari va murojaatlarini inobatga olgan holda, ularning tez fursatda sog‘ayib ketishlarini tiladi.
Aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda favqulodda vaziyatlarga puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.




