Nurobod tumani hokimi M.Buranovning navbatdagi fuqarolar qabuli bo'lib o'tdi
Avval xabar berganimizdek, bugun Nurobod tumani hokimi M.Buranovning navbatdagi fuqarolar qabuli bo'lib o'tdi.
Unda tuman hokimi o'rinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari, tuman aholisi va yoshlari ishtirok etishdi.
Qabul davomida fuqarolardan elektr energiyasi, tibbiyot, kadastr, soliq, yer, kredit, turli ijtimoiy, moddiy yordamlar olish va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar yo'llandi.
Tuman rahbari murojaatlarni qisqa muddatlarda ijobiy va qonuniy hal etilishi yuzasidan mas'ullarga topshiriq va ko'rsatmalar berdi.