insurez
12-06-2025 15:58

Nurobod tumani hokimi M.Buranov “Soliyev Qobiljon” ko‘p tarmoqli MCHJ faoliyati bilan tanishdi


Bugun Nurobod tumani hokimi M.Buranov tumanning Ulus mahallasida faoliyat yuritayotgan “Soliyev Qobiljon” ko‘p tarmoqli mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Korxona rahbari D.Soliyev mavjud ish jarayonlari, ishlab chiqarish salohiyati hamda istiqboldagi rejalari haqida ma'lumotlar berdi.

Bugungi kunda korxonada 300 boshga yaqin chorva mollari va 10 turga yaqin qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilmoqda.

Shuningdek, korxona tomonidan 10 turga yaqin mevali va manzarali daraxtlar ko‘chatlari yetishtirilib, yashil makonlarni kengaytirish bo‘yicha o'z hissasini qo‘shib kelmoqda.

Tuman rahbari korxona faoliyatini ijobiy baholab, tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash, ishlab chiqarish quvvatini yanada kengaytirish va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Teglar
- -