Nurobod tumani fuqarolarini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda
Nurobod tumani fuqarolarini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ayni kunlarda Davlat dasturi asosida tumanning Amir Temur, Sharq yulduzi, Navro'z, Mash'al, Nurdum, Yuksalish, Nurbuloq va Qilichli mahallalarida istiqomat qilayotgan 60 mingga yaqin aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida Nurobod-Damxo‘ja suv inshootlari va 45 km ichimlik suv tarmoqlari "Suv ta’minoti va oqova suv obyektlari qurilishi bo‘yicha injinering kompaniyasi" buyurtmachiligida qurilish-montaj ishlari bajarilmoqda.