Nurobod tumani 1-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari Buxoroning tarixiy joylariga sayohat qilishdi
Nurobod tumani 1-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari Buxoroda joylashgan tarixiy obidalar va diqqatga sazovor manzillarga sayohat qilishdi.
Sayohat davomida o‘quvchilar Buxoroning qadimiy tarixidan so‘zlovchi me’moriy yodgorliklar, madaniy meros obidalari bilan yaqindan tanishdilar.
Ushbu sayohatning asosiy maqsadi — yosh avlodni milliy qadriyatlarimiz, tarixiy merosimiz bilan yaqindan tanishtirish, ular qalbida vatanparvarlik va tarixga hurmat tuyg‘usini shakllantirishdan iboratdir.
Bunday tadbirlar yoshlar tarbiyasida, ularning yurtga sadoqatli, bilimli va ongli avlod bo‘lib yetishishida katta ahamiyat kasb etadi.