Nurobod tuman Qo‘riqlash bo‘limi — fuqarolar osoyishtaligi posboni
Nurobod tuman Qo‘riqlash bo‘limi tomonidan tuman hududida jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda fuqarolarning mol-mulkini himoya qilish yo‘nalishida samarali ishlar olib borilmoqda.
Hozirda bo‘lim shaxsiy tarkibi tomonidan 9 ta obekt va 184 ta xonadon doimiy qo‘riq ostiga olingan. Shuningdek, aholining xavfsizligini ta’minlash maqsadida 306 ta tashvish tugmasi o‘rnatilgan bo‘lib, ular orqali tezkor xabarlar qabul qilinmoqda.
Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida qo‘riqlash xodimlarining ogohligi va fidokorligi tufayli 56 ta turli huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldi olingan.
Bo‘lim faoliyatida zamonaviy texnologiyalar keng qo‘llanilmoqda. Xususan, “aqlli” kuzatuv kameralar, signalizatsiya tizimlari va mobil kuzatuv qurilmalari qo‘riqlash samaradorligini yanada oshirmoqda. Shu bilan birga, xizmatdagi “Nexia-3” rusumli avtotransport vositasi yordamida savdo do‘konlari va xonadonlardan kelib tushgan signal chaqiriqlariga tezkor yetib borish imkoniyati yaratilgan.
Xodimlardan I.Tirkashov, D.Qodirov va Sh.Jo‘rayevlar har bir tashvish signaliga o‘z vaqtida yetib borib, fuqarolarning osoyishtaligini ta’minlashda namunali xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Bugun Nurobod tuman Qo‘riqlash bo‘limi xodimlari davlat va xususiy obektlarni ishonchli qo‘riqlashda, fuqarolarning tinch hayoti uchun kecha-yu kunduz xizmatda.
Ularning mehnati natijasida tumanda huquqbuzarliklarning oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida ijobiy natijalar kuzatilmoqda.
S.Xolikov
Nurobod tuman Qo‘riqlash bo‘limi boshlig‘i, mayor




