Nurobod tuman hokimligida “ACWA Power” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Bugun Nurobod tuman hokimligida tuman hokimi M.Buranov hamda Saudiya Arabistonining energetika sohasidagi yirik kompaniyalaridan biri hisoblangan “ACWA Power” kompaniyasi vakillari – MDH davlatlari bo‘yicha biznes tashabbus rahbarlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuv davomida “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan quyosh elektr stansiyasini barpo etish loyihasi doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Jumladan, loyiha doirasida yaratiladigan ish o‘rinlariga mahalliy fuqarolarni jalb etish, ularni zamonaviy texnologiyalar asosida tayyorlash va soha bo‘yicha malakali kadrlar sifatida shakllantirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.
Tuman hokimi M.Buranov bu tashabbusni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirar ekan, loyiha doirasida mahalliy aholi manfaatlarini yuqori darajada inobatga olish va ishtirokini ta'minlash muhimligini ta'kidladi.