insurez
18-09-2025 18:46

Nurobod tuman adliya bo'limiga press-tur uyushtirildi


PRESS-TUR

 

Mavzu: Davlat xizmatlari ko‘rsatishda fuqarolarga yaratilgan qo‘layliklar to‘g‘risida

 

Hozirgi kunda Davlat xizmatlari ko‘rsatish markazi orqali ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari soni muntazam oshib borishini natijasida xizmat ko‘rsatish jarayonlarini soddalashtirish hamda xodimlarning salohiyatini oshirish orqali xizmat ko‘rsatish vaqtini qisqartirish aholiga qo‘laylik yaratishning eng samarali vositalaridan biri hisoblanadi.

Davlat xizmatlari ko‘rsatishda aholimizga shunday qo‘laylik yaratilmoqdagi, buning natijasida ularni eng qimmatli bo‘lgan vaqti hamda ortiqcha sarf-xarajatlari qilishlari tejalmoqda.

Bunda shuni qayd qilish lozimki, deyarli barcha davlat xizmatlaridan aholimiz uydan chiqmasdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali foydlanishlari  mumkin va bunda fuqarolarimizni ushbu xizmatlar mavjudligi va ulardan foydalanish tartibidan xabardorligi muhim masala hisoblanadi.

Qayd qilish lozimki, bevosita Davlat xizmatlari orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar soni 450 tani, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar soni esa 800 tadan oshdi.

Qayd etish joizki, odamlar uchun qo‘layliklar markaziga aylanib bormoqda, hamma xizmat bir joyda, aholini idorama idora yurishga, ortiqcha xarajatlar qilishga hech qanday  hojat qolmagan.

Aholiga yaratilgan yana qo‘layliklar to‘g‘risida aytaldigan bo‘lsak, Face-ID tizimi joriy etilgan bo‘lib, endilikda davlat xizmatlaridan foydalanishda fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmaydi, yana ham eng muhimi eksterritoriyalik tamoyili asosida aholi mamlakatimiz hududidagi xohlagan davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishlari mumkin.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar, xomilador, keksalar  uchun ham qo‘layliklar yaratilgan, bo‘lib, ularga navbatsiz xizmat ko‘rsatilishi bilan birgalikda davlat xizmatlari ko‘rsatilishida to‘lanishi lozim bo‘lgan xarajatlar ham ellik foizga qisqatirilgan.  

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish vaqtini Nurobod tuman davlat xizmatlari ko‘rsatish markazi misolida aytadigan bo‘lsak, xizmatlar ko‘rsatish ushbu yilda 10 daqiqadan 4 daqiqagacha qisqartildi.

Shu o‘rinda Davlatimiz Rahbari tomonidan yaqinda, ya’ni 08.09.2025-yilda  imzolangan, davlat xizmatlarini ko‘rsatishni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan islohotlarni izchil davom ettirish maqsadida qabul qilingan Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirish hamda sohada byurokratik tartibotlarni tubdan qisqartirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonining mazmun-mohiyatiga qisqacha to‘xtalib o‘tmoqchiman.

Ushbu Farmonni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar etib quyidagilar belgilandi:

2028 yilga qadar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etiladigan xizmatlar sonini 900 taga yetkazish;

proaktiv davlat xizmatlari sonini 53 taga hamda kompozit davlat xizmatlarini 74 taga yetkazish;

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda aholi gavjum joylarni bosqichma-bosqich 1100 ta interaktiv kiosklar bilan ta’minlash.

Shuningdek, 2025 yil 1 dekabrdan boshlab idoralararo axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish orqali quyidagilar bekor qilinishi belgilandi:

nikohni rasmiylashtirishda FHDYo organlari tomonidan nikohlanuvchi shaxslardan tibbiy ko‘rik natijalarini taqdim qilish talabi;

nikohdan sud qarori asosida ajratilganda nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini shakllantirish uchun FHDYo organlari tomonidan nikohdan ajratilgan shaxslardan sud qarorining talab qilinishi. Bunda:

nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi sud joylashgan joydagi tuman (shahar) FHDYo organi tomonidan «FHDYoning yagona elektron arxivi» axborot tizimida avtomatik ravishda shakllantiriladi hamda sud qarori nusxasi nikohdan ajralganlik to‘g‘risidagi guvohnomaga tenglashtiriladi;

nikoh bekor qilinganligini qayd etganlik uchun undiriladigan davlat boji sudning qaroriga asosan er-xotinning har ikkalasidan yoki ularning biridan belgilangan tartibda Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan undiriladi;

chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlarning turar joyi, o‘qish joyi, ish joyi va lavozimidagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tegishli mudofaa organlariga taqdim qilish majburiyati;

avtomototransport vositasining ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomasida avtomototransport vositasi mulkdorining manzilini ko‘rsatish talabi.

Bundan tashqari, ushbu Farmon bilan 2026 yil 1 yanvardan

Ayrim turdagi ma’lumot va hujjatlarni «Raqamli hukumat» tizimi orqali taqdim etishga mas’ul davlat organlari va tashkilotlar ro‘yxati;

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida jismoniy shaxsning o‘ziga tegishli bo‘lgan va real vaqt rejimida taqdim etiladigan shaxsga doir ma’lumotlar ro‘yxati;

Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali bosqichma-bosqich joriy etiladigan davlat xizmatlari ro‘yxati;

Tezlashtirilgan tartibda ko‘rsatiladigan qo‘shimcha davlat xizmatlari ro‘yxatlari hamda Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda ortiqcha tartib-taomillar hamda byurokratik talablarni yanada qisqartirish bo‘yicha «YO‘L XARITASI» kabi bir qator hujjatlar tasdiqlandi.

Farmonning yana bir muhim jihatini, ya’ni davlat xizmatlari markazlariga kelib murojaat qilinganda pensionerlarga, homilador ayollarga va uch yoshga to‘lmagan bolasi bilan kelgan fuqaroga davlat xizmatlaridan navbatsiz foydalanish bo‘yicha imtiyoz rasman belgilab qo‘yilganligini ham e’tirof etishimiz mumkin.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, davlat xizmatlarini jismoniy va yuridik shaxslar uchun foydalanishga oson, qulay va shaffof shakllarda ko‘rsatish ko‘lamini oshirish, aholining masofadan turib elektron davlat xizmatlaridan mustaqil foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hozirgi kundagi davlat xizmat ko‘rsatish sohasining eng muhim tamoyllari hisoblanadi.

 

 

Teglar
- -