Nurobod, Pastdarg‘om, Narpay, Paxtachi va Kattaqo‘rg‘on tumanlaridagi tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi
“Agrobank” ATB Boshqaruvi tomonidan Kattaqo‘rg‘on tumanida Nurobod, Pastdarg‘om, Narpay, Paxtachi va Kattaqo‘rg‘on tumanlaridagi tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Bunda Bank boshqaruvi hududlardagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar orqali ularning muammolarini joyida hal etish hamda tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish orqali yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish maqsad qilingan.