insurez
18-10-2025 15:52

Nurobod markazida yangi yo‘llar – yangicha hayot sari qadam


Nurobod tumani markazida bunyodkorlik ishlari avjida.
Ayni kunlarda tuman markazidagi ta’mirtalab ichki yo‘llar zamonaviy asfalt qoplamasi bilan yangilanib, aholining kundalik hayotiga qulaylik va farovonlik olib kelmoqda.

Uzoq yillar davomida foydalanib kelingan, harakatlanish uchun noqulay holga kelgan ko‘chalar endilikda silliq, mustahkam va xavfsiz yo‘llarga aylanmoqda. Bu esa nafaqat avtomobillar harakati, balki piyodalar uchun ham qulay sharoit yaratmoqda.

Yangi yo‘llar – bu xalqimiz uchun yaratilayotgan qulaylik, e’tibor va g‘amxo‘rlik timsolidir. 
Bunyodkorlik ishlarining keng ko‘lamda davom etayotgani tuman aholisining hayot sifati yuksalishiga xizmat qilmoqda.

Shuningdek, yo‘llar bilan bir qatorda yo‘l chetlaridagi obodonlashtirish, tungi yoritish chiroqlari va toshqin suvlarini chiqarish tizimlarini yaxshilash ishlari ham bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Teglar
- -