insurez
11-03-2025 14:33

Nurobod mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va ularni jinoyatchilikdan holi hududga aylantirish yo'lida amalga oshirilayotgan ishlar


Muhtaram Prezidentimizning “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ 1-sonli Qarori ijrosi bo‘yicha Nurobod tumanida tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, bugun tuman prokurori J.Abihakimov va tuman IIB boshlig‘i A.Otamurodovlar tomonidan mahallalardagi notinch, ajrim yoqasidagi oilalar va yoshlar bilan suhbat o'tkazilib, ulardagi muammoli masalalar batafsil tahlil etildi.

Yakunda ushbu masalalarning ijobiy yechim topishi hamda bu borada mahalla yettiligi bilan hamkorlikda qilinadigan ishlar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilanib, ijrosi mas'ullar zimmasiga yuklatildi.
 

Teglar
- -