insurez
28-03-2025 15:25

Nurobod farzandi Gulmira Norpo'latova "Yosh kitobxon" tanlovining Respublika bosqichida munosib ishtirok etib, faxrli 2-o'rinni qo'lga kiritgan edi


Avval xabar berganimizdek, Nurobod farzandi Gulmira Norpo'latova "Yosh kitobxon" tanlovining Respublika bosqichida munosib ishtirok etib, faxrli 2-o'rinni qo'lga kiritgan edi.

Shu munosabat bilan bugun Gulmira ta'lim oladigan 4-umumta'lim maktabida viloyat hokimi o'rinbosari H.Tuxtayev, Viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi boshligʻi S. Boboyev, tuman hokimi o'rinbosari S.Xujamiyarov, tuman yoshlar ishlari bo'limi boshlig'i A.Ziyatov, maktab o'qituvchi va o'quvchilari, mahalla faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida tadbir tashkil etildi.

Tadbir avvalida viloyat hokimi o'rinbosari H.Mirzayev yosh o'quvchi qizimizni erishgan ushbu yuksak muvaffaqiyati bilan tabrikladi hamda o‘zining samimiy niyat va tabriklarini yo‘lladi.

Shuningdek, tadbir davomida so'zga chiqqan rahbarlar va maktab ma'muriyati ham Gulmiraning tirishqoqligi va bilim olishga, kitobga bo'lgan muhabbatini alohida e'tirof etgan bo'lsa, g'olibamizning o'zi ushbu muvaffaqiyatga erishishiga hissa qo'shgan ota-onasi, mehribon ustozlari va qo'llab-quvvatlab turgan barcha tumandoshlarimizga minnatdorchilik bildirdi.

Tadbir yakunida G.Norpo'latova va ota-onasiga viloyat hokimligi va viloyat yoshlar ishlari boshqarmasining tashakkurnoma va qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.
 

Teglar
- -