20-01-2025 15:52
Muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Bugun Nurobod tumani hokimligida Respublika ishchi guruhi ishtirokida aholi bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish hamda fuqarolar murojaatlarini hal etish va qator masalalar yuzasidan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda tuman mahallalaridagi mavjud muammo va kamchiliklarni tegishli tartibda bartaraf etish chora-tadbirlari belgilab olindi.