Muborak Haj safaridan qaytgan tumandoshlarimiz munosib kutib olindi
Muborak Haj ziyoratidan qaytayotgan 23 nafar nurobodlik hoji otaxon va onaxonlarimizni tuman hokimi M.Buranov boshchiligidagi mas’ullar, jamoatchilik vakillari va yaqinlari hurmat va ehtirom bilan kutib olishdi.
Yurtimizda bu muqaddas ziyoratga yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar tufayli har yili minglab yurtdoshlarimiz ushbu savobli amallarni ado etish baxtiga muyassar bo‘lmoqda.
Tadbir davomida hojilar yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va ertamiz ravnaqi uchun duolar qilishdi.