Migratsiya masalasida muhokama yig'ilishi o'tkazildi
Bugun Nurobod tumani hokimligida Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ishchi guruhi, tuman hokimi S.Berdiqulov, sektor rahbarlari va mahalla yettiligi a'zolari ishtirokida migratsiyadagi fuqarolar bilan ishlash mavzusida muhokama yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda mahallalarda migratsiyadagi fuqarolar xatlovini o'tkazish jarayoni va bunda mahalla yettiligining tutgan o'rni alohida ta'kidlanib, migratsiyadagi va migratsiyadan qaytgan fuqarolar hamda ularning yaqinlari bilan ishlash, bandligini ta'minlash, qiynalgan oillalarni qo'llab-quvvatlash borasidagi ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan kerakli chora-tadbirlar belgilandi.
Shuningdek, migratsiyadagi mehnat faoliyati, ish sharoitidan qoniqmay, yurtimizga qaytmoqchi bo‘lgan fuqarolar uchun kerakli barcha amaliy yordamlar ko‘rsatilishi, o‘zlariga mos ish o‘rinlari orqali bandligi ta’minlanishi lozimligi ta’kidlandi.