Mehnatkashliklarning murojaatlari tinglandi
Bugun Nurobod tumani Mehnatkash mahallasida tuman hokimi S.Berdiqulov ishtirokida sayyor qabul bo'lib o'tdi.
Unda hokim o'rinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda fuqarolar ishtirok etishdi.
Qabul davomida fuqarolardan elektr energiyasi, kadastr, ichki yo'llar ta'miri, bandlikni ta'minlash, ijtimoiy himoya, ta'lim, tibbiyot va boshqa sohalar yuzasidan 30 ga yaqin murojaatlar yo'llandi.
Tuman rahbari har bir murojaatni batafsil tinglab, ularga yechim topish, qisqa fursatlarda ijobiy hal etish yuzasidn mas'ullarga tegishli ko'rsatma va topshiriqlar berdi.