Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
Bugun Nurobod tumani elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i H.Kenjayev ishtirokida kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda qayd etilishicha, bugungi kunda tumandagi bir qator mahallalarda elektr tarmoqlarini yangilash, transformatorlarni o‘rnatish hamda temir-beton ustunlarini almashtirish ishlari izchil davom etmoqda.
Bugungi kunda tumanda jami bo‘lib 20 dona transformator, 45 km uzunlikdagi elektr tarmoqlari va 865 dona temir-beton ustunlari nio‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur chora-tadbirlar kuz-qish mavsumida aholining uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlanishini kafolatlashga xizmat qiladi.