Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Nurobodda issiqlik tizimi modernizatsiyasi davom etmoqda
Nurobod tumani hokimi M.Buranov “Issiqlik manbai” DUKning tuman filiali faoliyati bilan tanishib, kuz–qish mavsumi oldidan amalga oshirilayotgan ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari hamda issiqlik ta’minotini barqaror tashkil etish choralarini ko‘zdan kechirdi.
O'rganishlar davomida qozonxonalar va uskunalarning texnik holati, ichki va tashqi issiqlik quvurlari, izolyatsiya va uzatma tarmoqlarining holati, avtomatlashtirish va boshqaruv tizimlarining ishchi holati, ta’mirlash ishlari ustidan muntazam nazorat olib borish bo'yicha mas'ullarga topshiriq va ko'rsatmalar berildi.
Tuman rahbari mutasaddilarga mavsum boshlanishidan oldin ta’mirlash ishlarining sifatli va o‘z vaqtida yakunlanishi, zaxira yoqilg‘i va ehtiyot qismlar bilan ta’minlash, shuningdek, aholiga uzluksiz va sifatli issiqlik yetkazib berish zarurligini ta'kidladi.