insurez
16-01-2025 12:07

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i  ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi


Bugun Nurobod tumani hokimligida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i G‘.Musurmonov va soha mas’ullari ishtirokida “2025-yilda doimiy, mavsumiy va vaqtinchalik ish o‘rinlarini yaratish bo'yicha belgilangan rejalar va amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani o’tkazildi.

G‘.Musurmonovning so‘zlariga ko‘ra:

“Joriy yilda tumanda bandlik dasturi doirasida 9089 nafar aholining yaratilgan yangi ish o’rinlarida bandligi ta’minlanishi maqsad qilingan.

Jumladan, bu ko‘rsatkich:

- investitsiya dasturlari doirasida 1191 nafar;

- qishloq xo‘jaligi sohasida 1288 nafar;

- tijorat banklari tomonidan 6344 nafar;

- qurilish sohasida 266 nafarni tashkil qiladi.

Tumanda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida kambag‘allik darajasini 7,4 foizdan 6 % ga tushirish reja qilingan”.

Matbuot anjumani yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan yo‘llangan savollarga G‘.Musurmonov tomonidan batafsil javoblar berildi.

Teglar
- -