“INFOLIB O‘ZBEKISTON – 2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligiga Nurobodda start berildi
Bugun Nurobod tuman axborot-kutubxona markazida “INFOLIB O‘ZBEKISTON – 2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur haftalik doirasidagi tadbirlar mamlakatimizda axborot-kutubxona tizimini rivojlantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda yoshlarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan.
Tantanali ochilish marosimi badiiy kecha bilan davom etdi. 18-son Musiqa va san’at maktabi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Vatanimni kuylayman” mavzusidagi madaniy tadbirda o‘quvchilar tomonidan kuy va qo‘shiqlar, raqslar hamda sahna chiqishlari namoyish etildi.
“INFOLIB O‘ZBEKISTON – 2025” haftaligi davomida turli ko‘rgazmalar, uchrashuvlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ularning barchasi aholining kitobga bo‘lgan mehrini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.




