insurez
18-01-2025 16:16

Ijro intizomi — islohotlar sermazmunligi va samaradorligi garovi


Joriy yilning 13-16-yanvar kunlari Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, Sport vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligida mahalliy hokimliklarning ijro nazoratiga masʼul xodimlar ishtirokida Respublika o'quv-seminari o‘tkazildi. 

O'quv-seminarlarida Nurobod tumani hokimligi ijro intizomi nazorati bo‘yicha bosh mutaxassisi Toshtemirov Umidjon Muxammadjon o‘g‘li ham ishtirok etdi. 

Hammamizga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2023-yil noyabr oyida o‘tkazilgan yig‘ilishda ijro intizomi yo‘nalishida mustahkam tizim yaratish, tartib o‘rnatish, temir intizomni joyiga qo‘yish, rahbarlar va xodimlarning dunyoqarashini o‘zgartirishni asosiy vazifa sifatida belgilab bergan edi. 

Ushbu seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida bajarish hamda “texnologik zanjir”ni tashkil etish, shuningdek, Ijro.gov.uz hamda Edo.ijro.uz tizimining afzalliklari yuzasidan vazirliklar tajribasi o‘rganildi.

Seminar yakunida ijro intizomini ta’minlashdagi tizimli muammolar bevosita mas’ullar bilan muhokama qilinib, muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga aniq taklif va chora-tadbirlar belgilab berildi.

Teglar
- -