insurez
01-05-2025 16:08

Hududlarda muammolarni ijobiy hal etish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi


Bugun Nurobod tumani hokimligida tuman hokimi M.Buranov rahbarligida mahalla yettiligi faoliyatini takomillashtirish masalalariga bag'ishlangan muhokama yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda mahalla yettiligi faoliyati samaradorligini oshirish, aholi muammolarini joyida hal etish, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, fuqarolarning tomorqalaridan unumli foydalanishini yo'lga qo'yish, yangi ish o'rinlari yaratish orqali aholi bandligini ta’minlash yuzasidan vazifalar belgilandi.

"Obod mahalla", "Obod ko‘cha", "Obod xonadon" mezonlarini joriy etishda aholining faol ishtiroki va mas’uliyatini oshirish, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida daraxt va buta ko'chatlari ekish bo'yicha targ'ibot ishlarini amalga oshirish, milliy qadriyatlar, urf-odatlar va an'analarni targ'ib qilish, sog'lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni saqlash, to'y-marosimlarni isrofgarchiliklarsiz ixcham o'tkazilishini ta’minlash yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilishi ta’kidlandi.​

Yig'ilish yakunida mahalla yettiligi a’zolariga kelgusida amalga oshiriladigan ishlar rejasi belgilab berildi.

Jumladan, mahallalarda qonun ustuvorligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, yolg'iz keksalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarga moddiy ko'maklashish, nuroniylarning bilim va boy hayotiy tajribasidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik ruhini mustahkamlash yo'lida samarali foydalanish bo'yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Teglar
- -