Hokim qabuli – aholi muammolarini hal etishning samarali mexanizmi
Bugun Nurobod tumani hokimi M.Buranovning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabulda hokim o‘rinbosarlari, tumandagi tashkilot va korxonalar rahbarlari, murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etishdi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy himoya, tibbiy xizmat, bandlik, kadastr, gaz va ichimlik suv ta’minoti, elektr energiyasi, mahalliy yo‘llarni ta’mirlash va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirish, imtiyozli kreditlardan foydalanish hamda “Yashil makon” dasturi doirasida yangi bog‘lar barpo etish borasida ham bir qator taklif va tashabbuslar ilgari surildi.
Fuqarolarning har bir murojaati mas'ullar ishtirokida o‘rganilib, ijrosi bo'yicha mas’ul rahbarlarga topshiriq va ko'rsatmalar berildi. Hokim qabuli aholining muammolarini hal etish va ularning hayotini yaxshilashga xizmat qilmoqda.




