Har bir yosh taqdiriga mas’ulmiz
Bugun Nurobod tumani hokimligida yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman komissiyasi faoliyati tahlil qilinib, 2025-yil ikkinchi yarimi uchun rejalar muhokama qilindi.
Yig‘ilishda viloyat hokimining o‘rinbosari H.Tuxtayev, tuman hokimi M.Buranov, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mahalla raislari, yoshlar yetakchilari va tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.
Unda yoshlar siyosati doirasida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy tahlil qilinib, ayrim mas’ullarning loqaydligi tanqid ostiga olindi. Kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Yoshlar bandligini ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish, “Yoshlar daftari”, “Otaliqqa olish” va og'ir toifadagi yoshlar bilan ishlash tizimini kuchaytirish bo'yicha vazifalar berildi.
Shuningdek, har bir soha rahbariga yoshlar masalalariga befarq bo‘lmaslik, ularning istak va muammolariga quloq tutish lozimligi ta'kidlandi.