insurez
14-04-2025 13:01

Fuqarolarning murojaat va muammolari tinglandi


Bugun Nurobod tumani Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli o'tkazildi.

Unda Xalq qabulxonasi, tuman hokimi o'rinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.

Qabul davomida fuqarolardan elektr energiyasi, kadastr, soliq, yer munosabatlari, tibbiyot, bandlikni ta'minlash va boshqa turli masalalar yuzasidan 40 dan ortiq murojaatlar yo'llandi.

Bir qator murojaatlar shu yerning o'zida ijobiy hal etilgan bo'lsa, batafsil o'rganish va vaqt talab etadigan murojaatlar ijrosi yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriq va vazifalar berildi.
 

Teglar
- -