insurez
02-12-2024 11:09

Fuqarolarga probatsiya to'g'risida qabul qilingan qonunlar yuzasidan tushunchalar berildi


Yurtimizda probatsiya hisobida turuvchi fuqarolar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

 Bugun Nurobod tumani mahallalarida tuman IIB boshlig'i o'rinbosari A.Ergashev, mahalla aholisi va yettilik mas'ullari, tuman IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida jazo muddatini o‘tayotgan nazorat ostidagi shaxslar ishtirokida davra suhbati o'tkazildi.

Suhbat davomida fuqarolarga Probatsiya to‘g‘risida qabul qilingan 07.08.2024-yil O‘RQ-938-sonli va 15.11.2024-yil O‘RQ-999-qonunlarning mazmun-mohiyati to‘g‘risida batafsil tushuncha va ma'lumotlar berildi.
 

Teglar
- -