insurez
02-08-2024 09:15

Fuqaro bir vaqtning o‘zida ikki turdagi pensiyani olishi mumkinmi?


Ayrim holatlarda fuqarolarda bir vaqtning o‘zida ikki turdagi pensiyani olish uchun huquqi paydo bo‘ladi. 

 Bunday vaziyatlarda fuqarolarga qanday pensiya tayinlanadi?

 “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunning 4-moddasiga ko‘ra, davlat pensiyalarining turli xillarini olish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarga ularning o‘zlari tanlagan bitta pensiya tayinlanadi. 

 Ya’ni, agar fuqarolarda ikki yoki undan ortiq pensiyani olish uchun huquq paydo bo‘lganda, yuqoridagi Qonun moddasiga asosan, fuqaroning tanlovi bilan faqat bitta turdagi pensiyani olishi mumkin bo‘ladi.

Teglar
- -