Davra suhbatlari tashkil etildi
Davlatimizda oila institutini mustahkamlash, shuningdek uning nufuzini oshirish, huquqiy soslarini tokomillashtirish, erta nikohning oldini olish va sog‘lom farzandni dunyoga keltirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Oila kelajak avlodga kuchli ta’sir etuvchi chinakam tarbiya maskanidir. Shu bois yoshlarning jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish, ayniqsa ularning oila qurishlariga jiddiy e’tibor qaratish barchadan katta mas’uliyat talab etadi. Aytish joizki, bugungi kunda ham qarindoshlar o‘rtasida nikoh, qizlarni erta turmushga uzatish holatlari kuzatilayotganligi va bu salbiy oqibatlarga olib kelayotgan ushbu masalaga yanada teranroq nazar tashlash, yanada mas’uliyatliroq yondashish lozimligini ko‘rsatadi.
Bugun Nurobod tumanining Saroy va Boshquduq mahallalarida tuman hokimi o‘rinbosari I.Xaqqulova tashabbusi bilan mahallalardagi xotin-qizlar ishtirokida “Qarindoshlar o‘rtasida nikohni olidini olish”, “Erta turmushni oldini olish” hamda “Xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchililkni oldini olish” mavzularida davra suhbatlari tashkil etildi.
Davra suhbatlarini tashkil etishdan asosiy maqsad yurtimizda nikoh munosabatlarini mustahkamlash, oilaviy hayotda ro‘y beradigan salbiy holatlarning oldini olish, oilada sog‘lom muhitni shakllantirish, barkamol avlodni tarbiyalash hamda sog‘lom va mustahkam oila barpo etishdir.