insurez
10-02-2025 15:43

Dala chetlariga eksportbop mahsulotlar ekish


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi “Qishloq xo‘jaligi maydonlaridagi qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot yetishtirishni ko‘paytirishga doir chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–465-sonli Qarori qabul qilinganligi va ushbu qaror asosida dala chetlari hamda kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarda, aholi tomorqasi, xonadonlar va ko‘p qavatli uylar oldi, mahallaning ichki ko‘chalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilishini samarali tashkil qilish va ko‘paytirish orqali eksport ko‘rsatkichlarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilangan.

Bunda:

- qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni tashkil qilish bo‘yicha dala chetlarida hamda aholi tomorqasi, xonodonlar va ko‘p qavatli uylar oldi, mahallaning ichki ko‘chalarida mahsulot yetishtirish, qishloq xo‘jaligi sub’ektlariga urug‘ va ko‘chatlar yetkazib berish hamda yetishtirilgan mahsulotlarni eksportga yo‘naltirishni tashkil qilish vazifasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligiga yuklatilganligi;

- dala chetlaridan samarali foydalangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha:

- ichki fitosanitariya sertifikati bir yil davomida bepul berilishi;

- dala chetlariga ekilgan “in - vitro” usulida yaratilgan mevali payvantagli ko‘chatlarni sotib olish xarajatlarining 50 foizi miqdorida, biroq har bir mevali payvantagli ko‘chatga 25ming so‘mdan oshmagan holda Agrosanoatni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasidan belgilangan tartibda subsidiya ajratilishi belgilanganligi keltiriladi.

“O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga ko‘ra, davlat va xo‘jalik boshqaruv organlarining, yuridik va jismoniy shaxslariga majburiyatlar yuklatilganligidan kelib chiqib:

- karantin ruxsatnomasi va ichki fitosanitariya sertifikatlari mavjud bo‘lmagan, karantin ostidagi mahsulotlarni qabul qilinmaslik;

- dala chetlaridan samarali foydalangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilari ichki fitosanitariya sertifikatini bir yil davomida bepul rasmiylashtirish;


- dala chetlariga har yili 1-aprelga qadar ekin ekish va yil davomida mahsulot yetishtirish haqida so‘raladi.

Teglar
- -