Bunyodkorda sayyor qabul o'tkazildi
Bugun Nurobod tumanining Bunyodkor MFY binosida Arabota, Nurafshon va Bunyodkor mahallalari aholisi uchun sayyor qabul o'tkazildi.
Unda viloyat soliq boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari A.Valiyev, Nurobod tumani soliq inspeksiyasi boshlig'i, 4-sektor rahbari M.Erkinov, tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari, fuqarolar va yoshlar ishtirok etishdi.
Sayyor qabul davomida fuqarolardan yer va mol-mulk solig'i, subsidiyalar ajratish, soliq imtiyozlari, elektr energiyasi, ichki yo'llar ta'miri va boshqa ko'plab masalalarda 30 dan ortiq murojaatlar kelib tushdi.
Rahbarlar barcha murojaatlarni atroflicha tinglab, ularning ijobiy hal etilishi va qonuniy yechimi yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriq va vazifalar berdi.
Hududlarda aholi muammolarini tinglash, og'irini yengil qilishga qaratilgan bu kabi sayyor qabullar, rahbarlar va fuqarolar uchrashuvlari tumanimiz bo'ylab davom etmoqda...