insurez
18-10-2025 16:40

Boshquduqda bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda


Boshquduq mahallasida bugun haqiqiy yangilanish va bunyodkorlik ishlari davom etmoqda.

Mahalla ko‘chalari zamonaviy qiyofa kasb etib — ilgari tuproq bo‘lgan yo‘llar endilikda mustahkam tosh-shag‘al va asfalt qoplamali yo‘llarga aylantirilmoqda.

Shuningdek, piyodalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida keng va silliq yo‘laklar tashkil etilib, yo‘laklar bo‘ylab tunggi yoritish chiroqlari o'rnatilib, atrofini ko‘kalamzorlashtirish ishlari ham izchil davom etmoqda.

Shu bilan birga, mahalla hududidan o‘tgan barcha suv ariqlari tozalanib, suv oqimining erkin harakatlanishi ta’minlanmoqda. 

Bu ishlarda mahalla aholisi ham faol ishtirok etib, har bir xonadon egasi o‘z hovlisi va ko‘chasi atrofini obodonlashtirishda jonbozlik ko‘rsatmoqda.

Boshquduqda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari xalq farovonligini oshirish, yashash sharoitlarini yaxshilash va mahalla qiyofasini yangilashga xizmat qilmoqda.

Teglar
- -