Boshquduqda bepul chuqurlashtirilgan tibbiy-ko'rik o'tkazildi
Boshquduq mahallasida o'tkazilgan sayyor qabuldan so'ng, tuman prokurori J.Abdihakimov "Yangiobod" OSHP da bo'lib o'tayotgan tibbiy-ko'rikni borib ko'rdi.
Ushbu chuqurlashtirilgan ko'rik davomida hududda yashovchi 200 ga yaqin fuqaro bepul tibbiy tekshiruvdan o'tkazildi.
Tuman tibbiyot birlashmasining malakali shifokorlari tomonidan zamonaviy UZI va EKG tekshiruvlari, laboratoriya tahlillari o'tkazilib, salomatligida muammolar aniqlangan fuqarolarning statsionar va ambulyator sharoitda davolanishlari uchun tavsiyalar berildi.
Shuningdek, sektor rahbari tomonidan oilaviy shifokorlik punktida yaratilgan sharoitlar ko'zdan kechirilib, ko'rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va ko'lamini yanada oshirish yuzasidan kerakli chora-tadbirlar belgilandi.