insurez
20-01-2025 17:39

“Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi


Bugun Nurobod tumani Xalq qabulxonasida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.

Mehnat yarmarkasida tumanda faoliyat olib borayotgan korxona va tashkilotlardagi 150 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari fuqarolarga taklif etildi.

Yarmarkada 30 dan ortiq fuqarolar ishtirok etib, 12 nafar fuqarolarga turli sohalarga ishga joylashish va 2 nafar fuqarolarga kasb-hunarga o‘qitish uchun yo‘llanmalar berildi.

Bundan tashqari, yarmarka qatnashchilariga mehnat qonunchiligi, mehnat migratsiyasi, kasb-hunar va tillarga o‘qitish va turli sohalarga ishga joylashish to‘g‘risida ma'lumotlar berildi.
 

Teglar
- -