insurez
20-10-2025 09:17

BMTTD koʻmagida Samarqand viloyatining Nurobod tumanida master reja ishlab chiqish boʻyicha uchrashuv boʻlib oʻtdi


Joriy yilning 17-oktabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi (BMTTD) va “Info Capital Group” kompaniyasi, Samarqand viloyati va Nurobod tumani hokimliklari hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining Yer islohotlari va hududlar master rejalarini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish boshqarmasi vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Maʼlumot uchun: Nurobod tumanida master reja ishlab chiqish uchun BMTTD koʻmagida “Info Capital Group” kompaniyasi jalb qilindi. 

Uchrashuvda BMTTDning loyiha tahlilchisi Orzumurod Gʻaybullayev, “Info Capital Group” kompaniyasi direktori Roman Ospanov va boshqa masʼullar ishtirok etdi. 

Tomonlar Nurobod tumani markazida aholi dam olishi va sayr qilishi uchun sharoit yaratish, tumanning turizm salohiyati yuqori boʻlgan Nurbuloq shaharchasi, Oqsoy va Mehnatkash mahallalariga tashrif buyuruvchilar uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratish masalalarini muhokama qildi. 

Jumladan, master reja ishlab chiqishda tuman markazidagi sun’iy koʻlni zamonaviy dam olish maskaniga aylantirish, Nurbuloq shaharchasida yashil park hamda Oqsoy va Mehnatkash mahallalarining togʻli va togʻ oldi hududlarida turizm obyektlarini tashkil etish masalalarini batafsil oʻrganib chiqish hamda zamonaviy arxitektura va shaharsozlik yechimlarini ishlab chiqishga kelishib olindi.

Teglar
- -