“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Shashka” sport turi bo‘yicha tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi
Bugun Nurobod tumani Yoshlar markazida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Shashka” sport turi bo‘yicha tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musoboqada 16-21, 22-26 hamda 27-30 yosh toifalarida o‘g‘il va qizlar faol ishtirok etishdi.
G‘olib bo'lgan yoshlar viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritib, diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
“Besh tashabbus olimpiadasi” – bu faqatgina sport emas, bu yoshlar iqtidorini ro‘yobga chiqarish sari qo‘yilgan dadil qadamdir.