Atrof muhitni ifloslanishini oldini olish va javobgarlikning muqarrarligi
Bugungi kunda atrof-muhitni muhofaza qilish butun insoniyatning eng dolzarb muammolaridan biridir. Aholi sonining ortishi, sanoatning jadal rivojlanishi, transport vositalarining ko‘payishi, tabiiy resurslardan noo‘rin foydalanish natijasida ekologik muvozanat buzilmoqda. Shu bois, atrof muhitni ifloslanishini oldini olish va bu borada javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash har bir huquqiy jamiyatning asosiy vazifalaridan biri sanaladi.
Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida oldini olish choralari muhim o‘rin tutadi. Bular:
• Qonuniy asoslarni mustahkamlash. O‘zbekiston Respublikasining “Atrof muhitni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni (1992-yil 9-dekabr) ekologik xavfsizlikni ta’minlashda asosiy hujjat hisoblanadi.
• Ekologik ta’lim va madaniyatni oshirish. Har bir fuqaro ekologik ongga ega bo‘lishi, tabiatga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishi zarur.
• Chiqindilarni qayta ishlash tizimini rivojlantirish. “Yashil iqtisodiyot” konsepsiyasi asosida qayta ishlovchi korxonalarni ko‘paytirish lozim.
• Ekologik monitoringni kuchaytirish. Atmosfera, suv, tuproq holatini doimiy kuzatish va tahlil qilish orqali muammolarga erta chora ko‘rish mumkin.
• Raqamli texnologiyalarni joriy etish. “Smart Ecology” tizimlari ifloslanish manbalarini aniqlashda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Bundan tashqari javobgarlikning muqarrarligi ushbu sohadagi islohotlarning huquqiy podevori bo‘lib xizmat qiladi. Atrof muhitni ifloslantirish uchun javobgarlik O‘zbekiston Respublikasining bir qator qonun hujjatlarida belgilangan.
• Ma’muriy javobgarlik kodeksining 79–84-moddalarida chiqindilarni tashlash, tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanish kabi huquqbuzarliklar uchun jarimalar ko‘zda tutilgan.
• Jinoyat kodeksining 196–202-moddalarida atrof muhitni jiddiy ifloslantirgan shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilishgacha bo‘lgan jazolar belgilanadi.
Javobgarlikning muqarrarligi tamoyili shundan iboratki, kimda-kim atrof muhitga zarar yetkazsa, u albatta javobgarlikka tortilishi shart. Bu tamoyil qonun ustuvorligini, adolat va ekologik xavfsizlikni ta’minlaydi. Huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsning ijtimoiy kelib chiqishi va mavqeyidan qat’i nazar qilmishi uchun qonun oldida javob berishini bildiradi.
Amaliyotda o‘zboshimchalik bilan daraxtlarni kesish, sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olinganda tegishli mas’ullar tomonidan xolis o‘rganilib, sud tomonidan jazo qo‘llanilganligidan so‘ng sezilarli darajada ta’sir qilayotganligini ko‘rish mumkin. Tashkilot, muassasa yoki fuqarolar tomonidan sofir
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak atrof muhitni ifloslanishini oldini olish va javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash nafaqat davlat, balki har bir fuqaroning burchidir. Ekologik xavfsizlikka befarq qarash kelajak avlod salomatligiga tahdid soladi. Shu bois, ekologik qonunlarga amal qilish, chiqindilarni kamaytirish, yashil hududlarni ko‘paytirish, hamda tabiatni asrash – barqaror rivojlanishning muhim kafolatidir. Javobgarlikning muqarrarligi prinspi esa ushbu islohotlarning huquqiy poydevoridir.
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Nurobod tuman sudi raisi Sh.Xasanov




