Aholini uy-joy bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar mavzusida brifing o‘tkazildi
Bugun Nurobod tumani hokimligida tuman hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Ibodullayev Mirjalol Beknazar o‘g‘li ishtirokida aholini uy-joy bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan brifing bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktyabrdagi PQ-2639-sonli “2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tumanda 2017-yilda Navro‘z mahallasi hududidan 32 ta xonadon hamda Nurbuloq mahallasi hududidan 10 ta bir qavatli, 2018-yilda Amir Temur mahallasi hududidan 36 ta xonadon hamda Jom massivi hududidan 50 ta bir qavatli, 2019-yilda Navro‘z mahallasi Navro‘z massividan 48 ta xonadonli hamda 10 ta bir qavatli, 2020-yilda Navro‘z mahallasi Navro‘z massividan 24 ta xonadonli, 2021-yilda Navro‘z mahallasi Navro‘z massividan 40 ta xonadonli hamda 2022-yilda Navro‘z massividan 20 ta xonadonli, jami 270 ta uy-joylar tumandagi uy-joylarga muhtoj aholiga ajratib berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-yanvardagi 63-sonli “Yer uchastkalari berish va yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilishning zamonaviy va shaffof mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tumandagi Mash’al mahallasi Yangiqishloq qishlog‘i hududidan 110 ta hamda Sho‘robod qishlog‘i hududidan 121 ta, Jom mahallasi hududidan 42 ta hamda Po‘latchi mahallasi hududidan 14 ta yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer maydonlari ajratish “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida elektron auksion orqali jami 287 ta hududdagi aholi tomonidan sotib olingan bo‘lib, bugungi kunda qurilish ishlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari, Po‘latchi mahallasi hududidan 51 ta, Jarquduq mahallasi hududidan 21 ta hamda Yuksalish MFY hududidan 17 ta yakka tartibdagi uy-joylar qurish uchun auksion savdolariga joylashtirildi hamda aholi tomonidan sotib olingan bo‘lib, bugungi kunda loyihalashtirish va qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, Navro‘z massivi hududidan 3 ta 60 xonadonli ko‘pqavatli uy-joylar qurish ishlari rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda 2 ta 40 xonadonli ko‘pqavatli uy-joy foydalanishga topshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-sonli “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga asosan uy-joy qurish uchun yer maydoni ajratish “E-IJRO AUKSON” yagona elektron savdo maydonchasiga tumandagi mahalla hududlaridan elektron auksion tizimiga joylashtirish ishlari olib borilmoqda.