insurez
12-02-2025 15:23

Aholini kundalik ehtiyoji yuqori bo‘lgan maishiy va kommunal xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha tumanda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani o'tkazildi


Bugun Nurobod tumani hokimligida "Aholini kundalik ehtiyoji yuqori bo‘lgan maishiy va kommunal xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha tumanda amalga oshirilayotgan ishlar" mavzusida tuman hokimining 1-o'rinbosari R.Ibragimov ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

R.Ibragimovning ta'kidlashicha:

"Tumanda aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish sohasidagi islohotlar respublikada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy qayta o‘zgartirishlarning uzviy tarkibiy qismi hisoblanadi va u yaratilgan qonunchilik va me’yoriy-huquqiy asosda ro‘yobga chiqarilmoqda.

Uy-joylardan foydalanish xo‘jaligi sohasida to‘liq xo‘jalik hisobida 1 ta uy-joylardan foydalanish “Nursifat kommunal”  MCHJ shaklidagi  boshqaruv servis kompaniyasi korxonasi ishlamoqda.

104 ta ko‘p qavatli uy-joylarga muqobil xizmatlarni tashkil etish, uy-joylarga kirish joylarida sovuq va issiq suv, gaz, issiqlik energiyasini hisoblagichlar o‘rnatish ishlari boshlab yuborildi.

Suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasida “Suvta’minoti” AJ Nurobod bo‘limi 5620 dan ortiq xonadonlarga va 104 ta tashkilotlarga quvurlari kanalizatsiya boshqarmalari yangidan tashkil qilingan hududiy kommunal foydalanish birlashmalari tarkibiga o‘tkazildi. Suvni hisoblash priborlari bilan 100 %, ichimlik suvi bilan 64,5 foiz qamrab olingan.

Gaz ta’minoti sohasida «Nurobod tumangaz» gaz ta’minoti bo‘limi gaz ta’minoti va gazlashtirish bo‘yicha xo‘jalik hisobida tashkil etilgan. 28 mingta abonentga xizmat ko‘rsatadi. Tarmoqlarda gaz isrofgarchiligiga ortiqcha yonishlar va shu kabilarga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlari ko‘rilmoqda.

Issiqlik ta’minoti sohasida «Issiqlik manbai» DUK  tashkil etildi. Xo‘jalik hisobidagi issiqlik ta’minoti tashkiloti issiqlik energiyasini ishlab chiqarish va yetkazib berishdagi kapital foydalanish xarajatlarini kamaytirish bo‘yicha ishlar olib bormoqda.


Obodonlashtirish sohasida tuman hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ularning moddiy, texnik imkoniyatlari doimiy ravishda oshirib borilmoqda.


Elektr ta’minotida tuman elektr tarmoqlari korxonasi asosiy vakolatli organ bo‘lib qolmoqda. Tizimni isloh qilish natijasida ular negizi 2 ga bo‘linib, ekspluatatsiya va to‘lov tizimi sifatida ajratildi. Yashil energiyaga o‘tish islohotlari olib borilmoqda va ist’molchilar o‘rtasida doimiy targ‘ib etuvchi va ularga texnik xizmat ko‘rsatuvchi strukturalar tashkil etildi.


Quyidagilar kommunal xizmat ko‘rsatishni isloh qilishning asosiy vazifalari hisoblanadi:


tarmoqni o‘z xarajatlarini o‘zi qoplashga, zarar ko‘rmasdan faoliyat ko‘rsatish tartibiga bosqichma-bosqich o‘tkazish, narx belgilashda xarajat mexanizmini bartaraf etish, raqobat muhitini va muqobil tuzilmalarni yaratish;


mulkchilikning ko‘p shaklliligini va tarmoq faoliyat ko‘rsatishning bozor tamoyillarini ta’minlashga yo‘naltirilgan institusional qayta o‘zgartirishlarni amalga oshirish;


kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida munosabatlarni davlat tomonidan yanada takomillashtirish, uy-joy fondining, kommunal tizimlarning ahvoli va saqlanishi ustidan davlat nazoratining samarali mexanizmini ishlab chiqish;


resurslardan oqilona foydalanishni, manbaalarni tejashni ta’minlash bo‘yicha aniq maqsadli ilmiy-texnikaviy va iqtisodiy siyosatini o‘tkazish.


Ko‘rsatib o‘tilgan vazifalarni bajarishni quyidagi asosiy yo‘llar bilan amalga oshirish nazarda tutilmoqda:


kommunal xizmat ko‘rsatishning mavjud tizimini bosqichma-bosqich qayta tashkil etish, boshqarish va nazorat qilish tizimini ta’komillashtirish, kommunal korxonalarning o‘z funksional vazifalarini hal etishdagi iqtisodiy mustaqilligini va javobgarligini oshirish;


tarmoqning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, uni rivojlantirishga muqobil investisiyalarni jalb qilish, xizmatlar ko‘rsatishning iqtisodiy tizimlarini joriy etish;


kommunal xizmat ko‘rsatish xodimlari mehnatini rag‘batlantirishning kuchli, asoslangan mexanizmini ishlab chiqish bilan uyg‘un holda, aholi va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar o‘zaro hamkorligining iqtisodiy shakllariga o‘tishni davlat tomonidan tartibga solishning shakl va usullarini, uning me’yoriy-huquqiy negizini takomillashtirish;


imtiyozlarning mavjud tizimini tartibga solish, uy-joy-kommunal munosabatlarini tartibga solib borishda mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari rolini oshirish.

Teglar
- -