“Aholiga moddiy yordam, bolalar puli, nafaqa va pensiya ajratish borasida amalga oshirilgan ishlar” mavzusida brifing o‘tkazildi
Bugun Nurobod tumani hokimligida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Rashid Ibragimov ishtirokida “Aholiga moddiy yordam, bolalar puli, nafaqa va pensiya ajratish borasida amalga oshirilgan ishlar” mavzusida brifing bo‘lib o‘tdi.
Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida 2023-yil 1-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-82-son farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, aholini manzilli himoya qilishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:
• kompleks yondashuv asosida professional ijtimoiy himoya tizimini joriy qilish;
• ijtimoiy himoya tizimi samaradorligi va manzilliligini oshirish orqali aholining ko‘makka muhtoj qatlami ijtimoiylashuvini ta’minlash;
• ijtimoiy himoyani mahalla darajasigacha tashkil etish, og‘ir hayotiy ahvolga tushib qolgan aholiga individual yondashuvga muvofiq ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish;
• aholining ijtimoiy sug‘urta mexanizmlari bilan qamrab olinishini kengaytirish;
• xavf guruhlariga tushib qolgan oilalarni aniqlash va kompleks ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish orqali ularning og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolishining oldini olish;
• nogironligi bo‘lgan shaxslarning hayot kechirishi uchun qulay muhit yaratish.
Qarorga asosan 2024-yil 1-iyundan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi, tuman (shahar)larda «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari tashkil etildi.
2024-yil 1 noyabr holatiga tumanda 4354 nafar kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi moddiy yordamlari to‘lab kelinmoqda.
Shundan:
4169 nafari kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi, 185 nafar kam ta’minlangan oilalar uchun moddiy yordamni tashkil qiladi.
Jori yil boshidan buyon kam ta’minlangan oilalarga to‘langan nafaqalar 2 523 661,8 so‘mni tashkil qilmoqda.
2024-yilning avgust oyidan boshlab ushbu turdagi nafaqa va moddiy yordamlarni olish uchun ariza berish tizimi yanada soddalashtirilib, aholidan hech hujjatsiz yagona interaktik davlat xizmatlar portali my.gov.uz sayti orqali ariza berish imkoniyat yaratildi.
Bu yo‘nalishlardagi ishlarning aholiga qo‘lay bo‘lishi uchun ijtimoiy nafaqa va moddiy yordamlar uchun arizalar mahalladagi ijtimoiy xodimlar tomonidan xam dasturga kiritib kelinmoqda.
Kam ta’minlangan oilalarni moddiy qullab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining 2024-yil 31-maydagi
313-sonli qaroriga asosan, “Saxovot va ko‘mak” jamg‘armasi tashkil etildi.
Jamg‘arma mablag‘lari qo‘yidagi yo‘nalishlardagi yordamlar uchun ajratilishi belgilangan:
og‘ir va uzoq vaqt davolanish talab etiladigan kasallikka chalingan oilalarga yordam ko‘rsatish;
birinchi darajali ehtiyojlarni qoplashga ko‘maklashish;
uy-joy sharoitiga ega bo‘lmagan oilalarni qo‘llab-quvvatlash;
isitish ta’minotidan uzilgan oilalarga yordam ko‘rsatish uchun ajratilishi belgilangan.
Hozirgi vaqtda qadar ushbu jamg‘arma mablag‘lari xisobidan 28 nafar oilalar uchun 32 810 000 so‘mlik yordam ko‘rsatildi. Tumanda 2024-yil 1 noyabr xolatiga 14823 nafar pensiya oluvchilarga xizmat ko‘rsatib, shulardan:
-yoshga doir pensiya oluvchilar 11621 nafarni,
-Boquchisini yuqotganlik pensiyasini oluvchilar 1754 nafarni,
-Nogironlik pensiyasini oluvchilar 1448 nafarni tashkil qilmoqda.
Nurobod tumani byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan bir oyda 22,1 mlrd. so‘mlik pensiya to‘lovi amalga oshiriladi. Shundan, pensiya oluvchilarning 11 436 nafariga 17 ,4 mlrd.so‘m pensiyalar plastik karta orqali, 3 387 nafariga 4,7 mlrd.so‘m naqd pulda to‘lab berilmoqda.
Pensiya to‘lovlari har oyning 5-sanasidan 27-sanasigacha tasdiqlangan reja-jadvalga asosan Xalq banki tomonidan to‘lab kelinmoqda.