insurez
31-10-2025 19:35

Ag‘ronda tashabbusli byudjet loyihasi o‘z samarasini bermoqda


Nurobod tumanining Ag‘ron qishlog‘iga kirish qismida tashabbusli byudjet loyihasi doirasida asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur loyiha aholining tashabbusi va faol ishtirokida shakllangan bo‘lib, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay transport harakatini ta’minlash hamda hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Tashabbusli byudjet doirasidagi ushbu amaliy ishlar nafaqat yo‘l sifatini yaxshilaydi, balki qishloq aholisi hayot darajasining yanada oshishiga xizmat qiladi.

Teglar
- -